Anjyelina Joli qochqinlar masalasida Gretsiya va Turkiyaga yordam berishga chaqirdi

Jahon 14:52 / 24.03.2016 846

Amerikalik aktrisa va rejissyor Anjyelina Joli qochqinlar masalasini hal etishda Gretsiya va Turkiyaga yordam berishga chaqirdi, deya xabar beradi People.

Yaqinda Joli BMT maxsus elchisi sifatida navbatdagi safarni amalga oshirdi. Xabar qilinganidek, u Livanning Bekaa vodiysidagi suriyalik qochqinlar bilan uchrashdi, shuningdek, Gretsiyaning Pirey portidagi noqonuniy muhojirlar lageriga tashrif buyurdi.

Aktrisaning bayonotida yozilishicha, hozirgi kundagi inqiroz – butun dunyodagi nihoyasiz mojarolarning natijasidir.

“Afg‘onistondan to Somaligacha har kuni bo‘layotgan bu urushlar uzoq vaqtdan beri OAV sarlavhalarida yoritilmay qo‘yilgan bo‘lsa-da, hanuz davom etmoqda”, — deya ta'kidladi Joli.

Aktrisaning xabar berishicha, qochqinlar soni 60 millionga yetdi. Joli odamlarni qochqinlarga aylantirayotgan mojarolarga tezroq nuqta qo‘yish va qochqinlar masalasida Gretsiya, Turkiya kabi mamlakatlarga ham yordam berish zarurligini qayd etdi.

Ko‘proq yangiliklar: