Yaponiya Marsga stansiya uchiradi

Jahon 16:34 / 23.03.2016 855

Mitsubishi Heavy Industries Yaponiya kompaniyasi BAAning 2020 yilda Al Amal (“Umid”) stansiyasini Marsga uchirish tenderini yutib oldi.

Ushbu stansiya Birlashgan Arab Amirliklarining Qizil sayyoraga uchirishga mo‘ljallangan ilk moslamasidir, deb xabar beradi The National nashri.

Yaponiya kompaniyasi tenderning o‘nta ishtirokchisi o‘rtasidan tanlab olindi. Stantsiya Mitsubishi korporatsiyasi ishlab chiqqan H-IIA raketa-yo‘ldoshi yordamida Tanegasima orolidagi kosmodromdan uchirilishi rejalashtirilmoqda.

Zond soatiga 40 ming kilometrgacha tezlikda o‘rtacha 60 million kilometr masofani bosib o‘tib, BAA tashkil topganining 50 yilligi sanasi – 2021 yil 2 dekabrda Marsga yetib boradi. Apparat o‘z missiyasi davomida Yerga Qizil sayyora atmosferasi va iqlimi to‘g‘risida taxminan terabayt ma'lumot yuboradi. Ushbu ma'lumotlar butun dunyo bo‘yicha mutaxassislar tomonidan foydalaniladi.

Ko‘proq yangiliklar: