«PSJ»ning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Xitoy chempionatida paydo bo‘lishi mumkin.
La Reppublica nashri ma'lumotiga ko‘ra, Xitoy hukumati unga u xitoyliklar ligasi yuzi bo‘lishi evaziga 75 mln yevrodan iborat yillik maosh to‘lashga tayyorligini ma'lum qilgan.
Xabarda bu g‘oya hukumat tomonidan bildirilgan, futbolchi aynan qaysi jamoaga o‘tishi haqida aytilmagan.
Agar bu transfer amalga oshsa, shvetsiyalik 34 yoshli futbolchi dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.
Ma'lumot uchun, Ibragimovich joriy mavsum davomida «PSJ» uchun Fransiya chempionatida 25ta o‘yinda maydonga tushgan va 27ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan va 5ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Uning parijliklar klubi bilan shartnomasi 2016 yilning yozigacha tuzilgan.
Bundan oldinroq, ushbu futbolchining xizmatlariga «Arsenal», «Milan», «Chelsi», «Manchester Yunayted» va MLS jamoalaridan qiziqish borligi haqida xabarlar berilgandi.
Eyfel minorasining tvitterdagi akkaunti Zlatan Ibrahimovichga javob qaytardi