Vensan Kompani: «Hozir Belgiya uchun judayam og‘ir vaziyat, ammo biz o‘zimizni qo‘lga olishimiz kerak»

Sport 16:39 / 23.03.2016 1952

Angliyaning «Manchester Siti» va Belgiya terma jamoasi himoyachisi Vensan Kompani Belgiya poytaxti Bryussel shahrida sodir bo‘lgan portlashlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Dahshat va g‘azab. Barcha ishlar uchun aybni begunoh odamlar to‘lashi kerak bo‘lyapti. Hozir butun fikru-xayolim qurbon bo‘lganlarning oilalari bilan bir xil.

Bryussel bu zarbani munosib tarzda yengib o‘tadi deb umid qilaman. Hozir biz uchun judayam og‘ir vaziyat, ammo biz o‘zimizni qo‘lga olishimiz kerak», – deya yozadi Kompani o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Bryussel aeroportida ikkita portlash sodir etildi. Ko‘p o‘tmasdan, Bryusseldagi metro bekatlarida ham 3ta terakt amalga oshirildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan, 250ga yaqin kishi jarohatlangan.

Yevropa markazida terakt. Belgiya fojiasi. Onlayn

Ko‘proq yangiliklar: