22 mart kuni AQShning g‘arbiy shtatlarida dastlabki saylovlar (praymeriz) uchun ovoz berish boshlandi.
AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va milliarder Donald Tramp Arizonada o‘tkazilgan dastlabki saylovlarda o‘z partiyalari ichida g‘olib bo‘lishdi.
CNN telekanali ma'lumotiga ko‘ra, demokrat Klinton 51 foizlik ovozlar hisob-kitob qilinganidan keyin 60,3 foiz ovoz olgan holda yetakchilik qilgan. Uning asosiy raqibi Berni Sanders esa 37,1 foiz ovoz to‘plagan.
CNN projects Hillary Clinton will win the Arizona Democratic primary https://t.co/DkPyle0Wrv pic.twitter.com/2kkVD38v0J
— CNN Politics (@CNNPolitics) 23 marta 2016 g.
O‘z navbatida, AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod hisoblangan Donald Tramp Arizonadagi praymerizda ovozlarning 46 foizi hisoblab chiqilganidan keyin 46,5 foizlik natija bilan ustunlik qilgan. Uning raqiblari texaslik senator Ted Kruz va ogayolik gubernator Jon Keysik 21 va 10,2 foizlik natijalarni qayd etishgan.
CNN projects Donald Trump will win the Arizona Republican primary https://t.co/DkPyle0Wrv pic.twitter.com/fpPMOp715g
— CNN Politics (@CNNPolitics) 23 marta 2016 g.
AQSh g‘arbidagi saylovlar boshlanganch, dastlab Arizona shtatida, keyinroq Yuta va Aydaho shtatlaridagi saylov uchastkalari ochilgan.
Saylovchilar ushbu shtatlarning delegatlari AQSh prezidentligi lavozimi uchun saylovlardagi rasmiy nomzodlar ma'lum qilinuvchi Demokratlar va Respublikachilar partiyalarining milliy s'yezdlarida kim uchun ovoz berishini hal qilishi lozim bo‘ladi.
Merill Poll tadqiqot markazi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, Yuta shtatida Sanders yetakchilik qiladi, so‘rovnomada u 52 foizlik ko‘rsatkichga erishgan.