Toshkent shahar hokimi 22 mart kuni «Toshkent shahrida 2015-2016 yilgi isitish mavsumini yakunlash to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.
Unga ko‘ra, 23 mart kunidan boshlab poytaxtdagi markazlashgan issiqlik ta'minotidan foydalanuvchi-iste'molchilarni issiqlik bilan ta'minlash, ya'ni isitish mavsumi yakunlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar qilgan.
Shu bilan birga, qarorda «Toshissiqquvvati» IChB UK, «Toshkent issiqlik elektrmarkazi», «Toshkent issiqlik markazi» AJ, tuman hokimliklari hamda Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga 2016-2017 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini olib borish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan.