Milliarder Alessandro Protoga tegishli kompaniya «Real» futbolchisi Krishtianu Ronaldu ustidan sudga murojaat qilganini ma'lum qildi.
Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, Ronaldu Nyu-Yorkdagi nufuzli turar-joy dahasidan 18,5 million dollarga kvartira sotib olgani haqidagi ma'lumotni inkor qilgan. Futbolchining vakillari ayrim shaxslar Ronalduning mashhurligidan o‘z manfaati yo‘lidan foydalanganini ta'kidlashgan.
Proto Enterprises kompaniyasi esa tuhmat va yolg‘on ma'lumot uchun Ronaldudan 10 million yevro talab qilgan holda, portugaliyalik futbolchi ustidan sudga shikoyat kiritdi.
«Tuhmat va yolg‘on ma'lumot uchun Ronalduning ustidan shikoyat berildi. AQShdagi kvartiraning xaridi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin biz bu haqida ma'lumot berishimiz kerak edi. Kvartira sotib olinganidan keyin Krishtianu uni Badr Xariga sovg‘a qilgan», — deyiladi bayonotda.
Qayd etib o‘tamiz, marokashlik kikbokschi Badr Xari portugaliyalik futbolchining do‘sti hisoblanadi.
Krishtianu Ronaldu Nyu-Yorkning eng qimmatbaho binosida 18,5 mln dollarga kvartira sotib oldi