Pan Gi Mun BMT tarixida birinchi marta gumanitar sammit chaqiradi

Jahon 15:40 / 23.03.2016 828

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun tarixda ilk bor gumanitar sammit chaqiradigan bo‘ldi. U 23-24 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi. Sammitni chaqirishdan asosiy maqsad xalqaro hamjamiyatni insoniyat, birlik va hamkorlik tamoyillari, inqirozning oldini olish va odamlarni qiyinchilikdan qutqarish masalasidagi majburiyatlarini yangilashdan iboratdir.

Sammitda 150 mamlakatdan hukumat rahbarlari, gumanitar tashkilotlar, xususiy sektorlar, ilmiy doiralar, shuningdek, gumanitar inqirozdan aziyat chekuvchi kishilar qatnashadi. Ular dunyodagi o‘tkir muammolarni hal etish, kelajakda amalga oshirilajak gumanitar xatti-harakatlarni muhoakama etishadi.

Ko‘proq yangiliklar: