O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasining sarmoyasi 3 barobarga ko‘paytirildi

Iqtisodiyot 11:50 / 23.03.2016 3090

O‘zbekiston prezidentining 2016 yil 16 martdagi №2507 qaroriga asosan O‘zbekistonda mahsulot eksportini amalga oshirishda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasining sarmoya ustavi 3 barobarga ko‘paytirildi. Bu haqda jamg‘armaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qilindi.

Jamg‘arma ustav sarmoyasi 3 barobarga - 5,3 milliard so‘mdan 10,0 milliard so‘m va 2,0 million dollarga ko‘payadi.

Hujjatda, shuningdek, vakolatlar, vazifalar va Jamg‘arma tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish nazarda tutilgan.

Endi Jamg‘arma keyinchalik qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqarish va mahsulotni eksport qilish davridan boshlab ikki yil davomida Jamg‘arma ulushini bozor qiymatida amalga oshirgan holda eksport yo‘nalishidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkillashtirishga o‘zining yetarli mablag‘i bo‘lmagan xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sub'yektlari ustav kapitalida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Jamg‘arma xususiy tadbirkorlik, kichik biznes va fermer xo‘jaliklariga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish, mahsulot dizaynini xalqaro standart darajasiga olib chiqish uchun xorij mutaxassislarini taklif etish bilan bog‘liq xarajatlarining ma'lum qismini qaytarish orqali moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi.

Shuningdek, Jamg‘arma xorij mamlakatlarida o‘zining vakolatxonalarini ochish huquqini ham oldi. Bu esa chet el bozorlarini yanada sifatli o‘rganib chiqish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ishonchli hamkorlarni izlash imkonini yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, Jamg‘arma 2016 yilda tadbirkorlik sub'yektlariga 1,5 milliard dollar miqdoridagi eksportni amalga oshirishda yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: