O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi 2016 yilning 25 mart kuni Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo+Yaponiya» muloqoti yuqori mansabdor shaxslarining 11-kengashida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida xabar berildi.
TIV delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi hamda bir qator boshqa uchrashuvlar va muzokaralarni o‘tkazish kutilmoqda.