«Vilyarreal» - «Barselona» o‘yini vaqtida Messi tomonidan yo‘llangan zarbadan keyin to‘p kelib tegishi natijasida jabrlangan ayol Rakel Taxuelo mezbonlar jamoasidan tashqari, «Real» jamoasi muxlisi ham bo‘lib, u o‘ziga jafo yetkazgan «Barselona» hujumchisi Lionel Messini juda yomon ko‘radi.
«Men «Real» muxlisiman, Messini avval ham yaxshi ko‘rmasdim, endi uni yanada ko‘proq yomon ko‘raman. O‘sha paytda ko‘zimga quyosh tushib turgandi, lekin men to‘pni ko‘rdim va zarbadan himoyalanish uchun qo‘limni cho‘zdim. Darhol kuchli zarbani his qildim. To‘p qo‘limni ikkiga bukib qo‘ygandek tasavvur paydo bo‘ldi. «Barselona» vakillari men bilan bog‘lanishdi va yordam taklif qilishdi. O‘ylaymanki, ulardan «Barselona» - «Real» o‘yini uchun chipta so‘rayman», — deydi Taxuelo.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining 31-turi doirasidan o‘rin olgan «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi o‘yin 2 aprel kuni kataloniyaliklar stadionida bo‘lib o‘tadi.
Messi o‘z zarbasi bilan stadiondagi muxlisani behush holatga tushirdi