Fransiyalik biatlonchi Benzemaning Fransiya terma jamoasiga qaytarilishiga qarshi chiqdi

Sport 11:38 / 23.03.2016 1654

Frantsuz biatlonchisi, joriy mavsumda jahon kubogining umumiy jadvaliga ko‘ra ketma-ket beshinchi marta Billur globus sovrinini qo‘lga kiritgan Marten Furkad «Real» futbol klubi hujumchisi Karim Benzemaning Fransiya terma jamoasi safiga qaytishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Bu xabar meni shokka tushirdi. Shaxsiy hayotingda istalgan ishingni qilishing mumkin, ammo bu holat... Bu menda jamoaviy sport turlariga nisbatan bo‘lgan ishonchni kamaytiradi», – deya ta'kidlagan Furkad.

Bundan oldinroq, terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham Benzemaning safga qaytarilishi masalasini muhokama qilmoqchi emasligini bildirgandi.

Benzema Niderlandiya va Rossiya terma jamoalariga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadigan ro‘yxatga kiritilmagan.

Uning Yevro-2016 musobaqasida ishtirok etish yoki etmasligi 15 aprelda hal bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli hujumchi bir necha oy muqaddam «Lion» yarim himoyachisi Mate Valbuenaga qarshi ta'magirlik qilishda ayblanib, terma jamoadan chetlatilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: