Bryussel shahrining «Anderlext» jamoasida legioner sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan argentinalik hujumchi Matias Suares 22 mart kungi teraktlardan keyin Belgiyani butunlay tark etmoqchiligi haqida aytib berdi.
«Fojia yuz bergan vaqtda men uyda emasdim. Mashg‘ulotlarga ketayotganimda radio orqali teraktlar haqida eshitdim. Bu juda dahshatli edi.
Men darhol qizimga qo‘ng‘iroq qildim va uning holidan xabar oldim. U xavfsizlikda ekanini bildirdi. Mashg‘ulotlarimiz bekor qilingach, oilamga qaytdim. Oila a'zolarim juda qo‘rqib ketishgandi.
Parijdagi teraktlardan keyin Belgiyada ham ko‘p narsa o‘zgardi. Endi odamlar savdo markazlarida va ko‘chalarda gavjum bo‘lib yurishmaydi. Ko‘pchilik uyidan kamdan-kam holatlardagina chiqadi.
Bryusselda jangarilarga va boshqa jinoiy guruhlarga aloqadorligi gumon qilinadigan ko‘plab kishilar yashaydigan tuman ham bor.
Mavsum yakunida men «Anderlext»ni tark etaman. Garchi men Belgiya va belgiyaliklarni sevsamda shunday qilaman.
Men rafiqam va o‘z agentim bilan bu masala bo‘yicha gaplashdim. Yaqinlarimning xavfsizligi uchun iyunda ketishga qaror qildim», – deydi Suares.
Belgiya termasi a'zosi: «Belgiya shok holatida, mamlakatda xaos yuzaga kelgan»