Bryusselda yangi bomba va IShID bayrog‘i topildi

Jahon 06:57 / 23.03.2016 1635

Belgiya huquq-tartibot muassasalarining reydi vaqtida Bryusseldagi uylardan birida portlovchi qurilma, noma'lum ximikatlar va IShID bayrog‘i topildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi tvitterda ma'lum qildi.

Huquq-tartibot muassasalarida portlovchi qurilma mixlar bilan to‘ldirilgani aytildi.

Avvalroq Belgiyada Bryusseldagi teraktlar tufayli butun mamlakat bo‘ylab reydlar boshlangani ma'lum qilingandi.

22 martda Bryussel aeroporti va metrosida portlashlar amalga oshirildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, teraktlar oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi, 200 ga yaqin  odam jarohat oldi. Belgiyada terrorchilik xavfi darajasi eng yuqori darajaga ko‘tarildi, metro, aeroport va barcha jamoat transporti ishi to‘xtatib qo‘yildi. Aeroportdagi bombani terrorchi-xudkush portlatgan. Bryussel aholisidan o‘z uylaridan chiqmaslik, yangiliklarni kuzatib borish va ogoh bo‘lish so‘ralmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: