BMT terrorizmni yengishning eng muhim shartini e'lon qildi

Jahon 10:19 / 23.03.2016 1738

BMT Bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura 22 mart kuni jurnalistlarga Suriyadagi vaziyatni siyosiy tartibga solish - xalqaro terrorizm ustidan g‘alaba qozonishning sharti ekanini ma'lum qildi.

Avvalroq, BMTning Jyenevadagi shtab-kvartirasi vakili tashkilot terroristlarga Suriya bilan olib borilayotgan muzokaralarni to‘xtatib qo‘yilishiga hamda jangarilarning shartlari bajarilishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirgan edi.

22 mart kuni tongda Belgiya poytaxtida ikki portlash sodir etildi. Keyinroq yana to‘rtta portlash Bryussel yer osti yo‘lini vayron qilgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, fojyea natijasida 34 kishi halok bo‘lgan.

Suriyadagi vaziyat yuzasidan BMT shafeligidagi muzokaralar Rossiya, AQSh va boshqa davlatlar ishtirokida Jyenevada 14 mart kuni boshlangan. Uchrashuvda prezident Bashar Asad ma'muriyati hamda Suriya muxolifati vakillari qatnashmoqdalar.

Ko‘proq yangiliklar: