AQSh prezidenti Barak Obama Bryusseldagi teraktlardan keyin Belgiya xalqi bilan hamjihatlik ramzi sifatida AQShdagi barcha davlat binolarida milliy bayroqlar tushirilishini buyurdi.
Bundan tashqari, bayroqlar AQShning xorijdagi vakolatxonalari, dengizorti hududlarida hamda harbiy obektlar va sudlarda tushiriladi.
Obamaning o‘zi teraktlar munosabati bilan so‘zlagan nutqida dunyo ahli millati, irqi va dinidan qat'iy nazar, terrorchilikka qarshi birlashishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi.
Avvalroq Kubada safar bilan qolayotgan Obama va Kuba yetakchisi Raul Kastro Bryusseldagi teraktlar qurbonlari xotirasini bir daqiqalik sukut saqlash bilan yod etganlari ma'lum qilingandi.
Shuningdek, Fransiyada ham bayroqlar tushiriladi, Eyfel minorasi esa Belgiya bayroqlari rangi bilan yoritiladi.