Apple kompaniyasining marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Fil Shiller yangi “ayfon”dagi SE xarflari Special Edition (“Maxsus versiya”) degan ma'noni anglatishini ma'lum qildi. Bu haqda Tech Radar xabar berdi.
Internet foydalanuvchilari bu borada boshqacha variantlarni ham taxmin qilgan edi. Masalan, Standard Edition (oddiy versiya), Still Expensive (haligacha eng qimmat) va hatto Sorry Everybody (barchadan uzr so‘raymiz).
Apple korporatsiyasining yangi iPhone SE smartfoni 21 mart kuni taqdim etilgandi.