Tashkiliy qo‘mita konferensiya ma'ruzachilarining dastlabki ro‘yxatini ma'lum qildi
Bu yil marosimda 6 mamlakat: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon va Belorussiya vakillari ishtirok etadilar.
Tadbirda Mail.ru, Yandeks, Google, Odnoklassniki, Adriver, TNS, Dentsu Aegis Network, Allbiz, Safaroff Agency kompaniyalari ekspertlarining chiqishlari kutilmoqda.
SMM sohasi eksperti – Damir Xalilov hamda Rossiya internet-reklama gurusi – Sergey Spivak konferensiyaning maxsus mehmonlari sifatida qatnashadilar. Sergey Spivak 22 aprel kuni tadbirkorlar uchun yopiq seminarda ham ma'ruza o‘qiydi.
Digital sohasining yetakchi tashkilot va mutaxassislari: Ledokol Group, Brand.uz, Olx.uz, Kassa.uz, Arba.uz, Uybor.uz, Uzinfocom, Web Now va Kun.uz O‘zbekiston nomidan ishtirok etadilar.
Konferentsiyada qatnashish bepul. Kirish qat'iyan taklifnoma asosida amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun konferensiya saytida ariza bilan murojaat etish lozim. Biznes rahbarlari, marketing bo‘yicha mutaxassislar, reklama agentliklari hamda tegishli maxsus o‘quv yurtlari talabalarining konferensiyada ishtirok etish imkoniyatlari yuqoriroq.
Konferentsiya 20 aprel kuni International Hotel Tashkent (sobiq Intercontinental) mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchi - Ledokol Group, bosh axborot hamkori - Mail.ru Group, strategik hamkor – UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish Markazi, reklama bo‘yicha hamkor - Re Expo, event hamkor - Unique Present, media hamkor - Public Media. Tadbir Toshkent Reklama Assotsiatsiyasi homiyligida o‘tkazilmoqda.