Ukrainada 4G’ga o‘tmasdan turib 5-aloqa avlodi 5G’ joriy qilish taklif qilinmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti ma'xmuriyati boshlig‘i o‘rinbosari Dmitriy Shimkivaga iqtibos keltirgan holda LІGA.net ma'lum qilmoqda.
Shimkivaning aytishicha, bir necha yildan keyin o‘tadigan keyingi tenderda arzon 5G uskunalari bo‘yicha takliflar bildirilsa, unda 4G’ni litsenziyalashtirishga hojat qolmaydi.
“Bu bosqichdan shunchaki sakrab o‘tib ketish mumkin bo‘ladi”, deb aytdi Shimkiva.
Ukrainaning aloqa va axborotlashtirishni tartibga solish masalalari bo‘yicha milliy komissiyasi Ukrainada ishlatish mumkin bo‘lgan diapazonlarni tahlil qilish masalasida britaniyalik ekspertlar bilan hamkorlik qilmoqda.