Savchenkoga 22 yillik qamoq jazosi tayinlandi

Jahon 19:53 / 22.03.2016 1463

Rostov viloyati Donetsk shahar sudi ukrainali uchuvchi Nadejda Savchenkoga nisbatan 22 yillik qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, unga 30 ming rubl miqdoridagi jarima ham belgilangan.

Savchenko VGTRK jurnalistlari Igor Kornelyuk va Anton Voloshinning qotilligida va Rossiya chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tishda aybdor deb topildi. U avvaliga tinch aholini o‘ldirishda ham ayblanayotgandi, lekin sud jarayonida bu ayblov isbotlanmadi.

Sud tayinlagan muddat Savchenko hibsga olingan 2014 yilning 23 iyunidan hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: