Rossiyada yangi chakana savdo tarmog‘i ishga tushadi

Iqtisodiyot 15:47 / 22.03.2016 1637

2014 yil boshida Auchan Italiyada ishga tushirgan Lillapois kompaniyasi Rossiyada ham drogeri ko‘rinishidagi chakana savdo tarmog‘ini ishga tushiradi.

“Interfaks”ning xabariga ko‘ra, reteyler ilk uchta Lillapois do‘konlarini yaqin oylarda ochishni rejalashtirgan.

Lillapois do‘konlari uy va shaxsiy parvarish mahsulotlariga ixtisoslashgan. Lillapois Garnier, L`Oreal Paris, Pupa, I Provenzali kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.

Umumiy daromadi 53,5 milliard yevro atrofida hisoblangan Auchan fransuz savdo tarmog‘i 16 mamlakatda tarqalgan va uning 1657 savdo do‘konlari bor.

Ma'lumot uchun: drogeri – kosmetika, parfyumeriya, shaxsiy gigiyena vositalari, farmatsevtik va boshqa nooziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi kichik attorchilik do‘konlari.

Ko‘proq yangiliklar: