Rossiyada noqonuniy migratsiya bilan shug‘ullangan o‘zbekistonliklar sudlandi

Jamiyat 21:18 / 22.03.2016 1197

Xabarovsk o‘lkasining Krasnoflot tuman sudi noqonuniy migratsiya kanalini tashkil etishda ayblanayotgan 2 nafar shaxsga real jazo muddatlari belgiladi. Bunday jinoyatlar uchun real jazo muddati tayinlanish Xabarovsk o‘lkasi sud amaliyotida birinchi marta yuz bermoqda, deb ma'lum qildi Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati boshqarmasi.

Noqonuniy migratsiya kanalini Saxalin viloyatida yashovchi shaxs tashkil etgan, u hibsga olinishi vaqtida firibgarlikda gumonlanib, federal qidiruvda bo‘lgan. U Xabarovskda qalbaki pasport bilan bir necha yil yashagan va hattoki uylanishga ham ulgurgan. Unga O‘zbekistonning 2 fuqarosi vositachilik qilgan.

Tuman sudi qarori bilan guruhning barcha a'zolari ular tomonidan amalga oshirilgan barcha jinoyatlar bo‘yicha aybdor deb topildi. Vositachilardan biri 10 oyga umumiy tartibdagi koloniyada jazoni o‘tashga mahkum qilindi, ikkinchisi 8 oylik sinov muddat bilan 1 yilga shartli jazoga tortildi. Guruh tashkilotchisi 4 yil 5 oyga ozodlikdan mahrum qilindi va 70 ming rubl jarimaga tortildi.

Guruh tashkilotchisi huquq-tartibot muassasalarining qalbaki xizmat guvohnomasi va formasidan foydalanib, o‘lkadagi milliy diasporalar bilan aloqalar o‘rnatgan. Vositachilar Rossiyada bo‘lish muddatini uzaytirishga ehtiyoj sezayotgan xorijliklarni topish bilan shug‘ullanishgan va 30 ming rubldan 100 ming rublgacha haq evaziga ularning pasportiga migratsiya xizmatining go‘yoki Rossiyada vaqtinchalik yashash huquqini tasdiqlovchi shtamplarini qo‘yib berishgan. Jinoyatchilar 2014 yil noyabridan 2015 yil fevraligacha Rossiyada shu tariqa 50 xorijlikni qonuniylashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, guruh tashkilotchisi qo‘lga olinishi vaqtida prokuratura xodimi kiyimida bo‘lgan, vaholanki hech qachon bunday xodim bo‘lmagan va uning yonida turli o‘ylab topilgan ismlarga ochilgan turli huquq-tartibot muassasalarining xizmat guvohnomalari bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: