Qo‘qonda qad rostlagan savdo markazi odamlarga har kuni bayram ulashmoqda

Jamiyat 11:37 / 22.03.2016 2212

Vatanimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari xalqimiz kayfiyatiga, turmush tarziga o‘zgacha shukuh bahsh etayotganini odamlarimiz yuz-ko‘zida bugun yaqqol ko‘rsa bo‘ladi.

Jumladan, Farg‘ona vodiysining qadim va kundan-kun yasharib borayotgan Qo‘qon shahrida ham har kun yangilik, har kuni bayram. Borgan sari zamonaviylashib va yasharib borayotgan ko‘hna Qo‘qon yurtimiz chiroyiga yanada chiroy qo‘shmoqda.

Yaqinda Qo‘qon shahrida qad rostlagan “Qo‘qon savdo markazi” shahar ahli uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Uch qavatli savdo markazining birinchi qavatida media park va oziq-ovqat do‘konlari joylashgan. Ikkinchi qavatda esa 68 ta kiyim-kechak do‘koni ish olib boradi. Markazning uchinchi qavatida bolalar uchun o‘yingoh, fast food, restoran va kinozal mavjud.

“Qo‘qon savdo markazi”da turli konsert dasturlari ham o‘tkazib turiladi. Masalan, 8 mart kuni O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ushbu markazga tashrif buyurib, o‘z konsert dasturini taqdim etdi. Yaqin kunlarda ham markazda elimiz suygan san'atkorlar tomonidan konsert dasturlari taqdim etish rejalashtirilgan. Jumladan, 23 mart kuni soat 16:00 da O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, shu kuni soat 19:00 da esa Ulug‘bek Rahmatullayev o‘z konsert dasturlarini namoyish etishadi. Dasturni Akmal Mirzo olib boradi.

Ko‘proq yangiliklar: