Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning ma'lum qilishicha, rasmiy Kiyev Rossiyaga Savchenko uchun 2 nafar rossiyalik asir Aleksandrov va Yerofeyevni qaytarishga tayyor. Bu haqda 112 Ukraina xabar tarqatgan.
"Putin normand formatidagi uchrashuv vaqtida Nadejda Savchenkoni qaytarishga va'da bergandi. Va'dani bajarish vaqti keldi. Men o‘z navbatida Ukraina hududiga kirib, mamlakatga qarshi qurolli harakatlarda ishtirok etgani uchun qo‘lga olingan 2 nafar rossiyalik harbiyni Rossiyaga qaytarishga tayyorman", degan Poroshenko.
Bundan oldinroq, Rostovda sud Nadejda Savchenkoni 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilgani haqida xabar berilgandi.