O‘zbekiston – Filippin uchrashuvini yaponiyalik hakam Sato Ryuji boshqarib boradi

Sport 12:23 / 22.03.2016 1104

Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston – Filippin uchrashuvini yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Uchrashuv bosh hakami sifatida Sato Ryuji tayinlangan. Unga qanotlarda Sagara Toru hamda Ochi Shinji yordam beradi. To‘rtinchi hakam – Pu Udom Sivakorn (Tailand).

Uchrashuv inspektori sifatida qirg‘izistonlik Viktor Kolpakov faoliyat olib boradi. Kommissar – Muhammadrizo Kasray (Eron).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Filippin uchrashuvi 24 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: