AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Moskvaga safari vaqtida Rossiya rahbariyati bilan xavfsizlik muammolari, Yaqin Sharq va Ukrainadagi vaziyatlarni hamda yana bir qator muhim masalalarni muhokama qilmoqchi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Kerri Moskvada qandaydir alohida mavzular muhokama qilinish-qilinmasligi haqidagi savolga “Juda ko‘p alohida masalalar”, deb javob berdi. U aynan qanday alohida mavzular muhokama qilinishiga aniqlik kiritmadi.
Ayni vaqtda Kerri 20-22 mart kunlari Kubaga safar bilan kelgan AQSh prezidenti Baraka Obamaga hamrohlik qilmoqda.
Kerri Moskvaga 23-24 mart kunlari keladi.