FIFAning Axloq bo‘yicha qo‘mitasi Frants Bekkenbauer va Nemis futbol ittifoqi (DFB) a'zolari bo‘lgan 5 nafar sobiq amaldorga nisbatan ish ochdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar qilingan.
Ushbu shaxslar Germaniyaning 2006 yilgi jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritishida korrupsiyaga qo‘l urgani gumon qilinayotgandi.
Bundan oldinroq, Bekkenbauer FIFA qo‘mitasi bilan hamkorlik qilishni istamagandi va jarimaga tortilgandi. DFB ham 2006 yilgi mundialga mezbonlik qilish qo‘mitasiga boshchilik qilgan Bekkenbauerga nisbatan ish ochgandi.
FIFA axloq qo‘mitasining mustaqil tergov palatasi FIFA prezidenti Yozef Blatter, UYeFA prezidenti Mishel Platini va tashkilotning sobiq bosh kotibi Jyerom Valkega qarshi tergov ishlari davom etayotganligini tasdiqlagan.