Olti karra olimpiada chempioni Useyn Bolt Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari uning faoliyatidagi oxirgisi bo‘lishi xaqida ma'lum qildi.
"Bu mening oxirgi Olimpiadam bo‘ladi. Menga yana bir karra to‘rt yillik siklni bosib o‘tish va o‘zimning istagan ishtiyoqimni saqlash, ayniqsa o‘zim xohlagan maqsadlarga erishish juda qiyin bo‘ladi", deydi u.
"Mening eng katta orzuim yana uchta oltin medal yutish. Men shunga o‘zimni tayyorlaganman va aynan shuni xohlayman.
Shuningdek men 19 soniya ichida 200 m masofani bosib o‘tishni istardim", deya Boltning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Chemionat.com.