BMT Gretsiyadagi qochqinlar markazlari faoliyatini to‘xtatmoqda

Jahon 20:17 / 22.03.2016 759

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi rasmiy vakili Melissa Fleming Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi kelishuvning bir necha bandlari BMTni qoniqtirmayotgani uchun Gretsiyada bir qator yo‘lanishlar to‘xtatilganini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Fleming bu haqda Jyenevadagi matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.

“BMTNing Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi ayni vaqtgacha qochqinlar va muhojirlar qabul qilinayotgan, ularga yordam berilayotgan va ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan Gretsiya orollaridagi hukumatlarni qo‘llab-quvvatlayotgan edi. Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi yangi kelishuvga ko‘ra, bu ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari Turkiyaga qaytarilishini kutayotgan ushlangan qochqinlarni joylashtirish punktlariga o‘zgartiriladi”, deb aytdi Fleming.

Fleming bu amaliyot boshqarma siyosatiga zid kelishi sababli bu markazlarning faoliyati to‘xtatilganini aytdi.

Shu bilan birga, boshqarma Gretsiyada inson huquqlariga amal qilinayotganiga ishonch hosil qilish uchun monitoring qilish maqsadida qoladi.

Avvalroq boshqarma Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi kelishuvning ba'zi qochqinlarni Turkiya hududiga qaytarilishi qoidasidan o‘z xavotirini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: