Bola huqulari bo‘yicha Rossiya prezidenti huzuridagi vakolatli shaxs Pavel Astaxovning ma'lum qilishicha, Rossiyada bolalar sotuvi o‘tgan yilnikiga qaraganda 2,5 baravar oshgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
“Bolalar savdosi bo‘yicha qilingan jinoyatlar 2,5 baravarga oshgan”, — deb ma'lum qilgan Astaxov.
Uning so‘zlariga ko‘ra 2015 yilda 29 ta ana shunday holat kuzatilgan. Bu ko‘rsatkich 2014 yilda 11 tani tashkil etgan.