Dunyoning ayni vaqtdagi eng yaxshi futbolchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 30-turida “Barselona” va “Vilyarreal” o‘rtasidagi uchrashuvda raqib darvozasiga kuchli zarba yo‘lladi, biroq zarba darvozadan o‘tib ketib, tribunada o‘tirgan bir qizning yuziga kelib tegdi.
Le Figaro nashrining ma'lum qilishicha, argentinalik hujumchining zarbasidan keyin qizga shifokorlar yordami kerak bo‘lgan. Messining zarbasi shunchalik kuchli bo‘lganki, qiz o‘z o‘rnini tark etayotganda hushidan ketib qolgan.
Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Oxirgi 12 uchrashuvdan beri g‘alaba qozonib kelayotgan kataloniyaliklar o‘zlarining mag‘lubiyatsiz seriyalarini to‘xtatishdi. Bu seriya 23 uchrashuv davom etdi.