Turkiyaning “Galatasaray” va “Fenerbahche” jamoalari o‘rtasidagi Istanbul derbisi bekor qilindi. Shahar hokimiyati xavfsizlikka tahdid solinayotgani haqida razvedka ma'lumotlari olganini ma'lum qildi.
Stadionda yig‘ilishni boshlagan muxlislar zudlik bilan evakuatsiya qilindi. Uchrashuvni boshqa sanaga ko‘chirishga qaror qilindi. Uchrashuvning yangi sanasi yaqin kunlarda e'lon qilinishi kerak, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
19 martda IShID terrorchisi Istanbul markazida o‘zini portlatdi. Terakt oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 39 kishi jarohat oldi.