Olib borilgan so‘rov natijasida Grozniy shahri Rossiyadagi eng xavfsiz shahar deb topildi.
Tadqiqotlarni Domofond.ru portali Avito bilan hamkorlikda chiqargan. Sayt foydalanuvchilari o‘zlari yashayotgan shaharning xavfsizligini e'tirof etishgan. So‘rovda 310 ming kishi qatnashgan.
Tadqiqotda qatnashganlardan “Men xavfsiz tumanda yashayman va kechalari qo‘rqmasdan o‘z uyimga boraman”, degan savolni 1 dan 10 ballgacha baholash so‘ralgan. Grozniy shahri 9,1 ball to‘plagan.
Ikkinchi o‘rinni Nijnevartovsk (7,6) egallagan. Saransk, Sochi, Murmansk va Armavir aholisi bir xil ovoz bergan 7,5.
Moskva va Sankt-Peterburg 39 va 49-o‘rinlarni egallagan. Eng xavfsiz bo‘lmagan shahar deb Volgograd topilgan — 100-o‘rin.
Grozniy Rossiyadagi eng xavfsiz shahar deb topildi
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25495
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34481