31 martdan boshlab LG G5 smartfonlari xalqaro bozorga chiqadi

Fan-texnika 16:08 / 21.03.2016 2004

LG kompaniyasining yangi mahsuloti LG G5 jahon bozorlariga joriy yilning 31 martidan qo‘yila boshlaydi. Uni 689 dollar qiymatida sotib olish mumkin. Ma'lum bo‘lishicha, mazkur narx hozirda faqat amerikalik foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning boshqa mamlakatlarda sotiluvchi narxi hali belgilanmagan. O‘zbekiston uchun qanday narx o‘rnatilishi haqidagi ma'lumot mavjud emas.
Avvalroq, LG G5 smartfonining texnik hususiyatlari saytimiz tomonidan e'lon qilingan edi. Eslatib o‘tishimiz lozimki, yangi smartfon 5,3 dyuymli ekran va Qualcomm Snapdragon 820 yangi avlod protsessori bilan maqtansa bo‘ladi.
Foydalanuvchilar tomonidan berilgan vazifalarni unga 4 Gb operativ xotira yordam beradi. Shuningdek, unda 32 Gb doimiy xotira bo‘lib, kamerasi 4K sifatidagi videolarni tasvirga oladi.

Ko‘proq yangiliklar: