Xitoy janubi-sharqida yuk mashinasining portlashi natijasida besh kishi halok bo‘ldi

Jahon 10:04 / 20.03.2016 1369

Xitoyning janubi-sharqidagi Xunan provinsiyasida yuk mashinasining portlashi natijasida besh kishi halok bo‘ldi, 20 nafar kishi esa jarohatlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Portlash Pekinni Gongkong va Makao bilan bog‘lab turuvchi shosseda, mahalliy vaqt bilan 20:40 da sodir bo‘lgan.
Portlashdan so‘ng yon-atrofda turgan to‘rtta avtomobil yonib ketgan, yana yettitasi portlash to‘lqinidan zarar ko‘rgan. Jabrlanganlardan to‘rt nafarining ahvoli o‘ta og‘ir hisoblanmoqda.
Ayni damda voqea yuzasidan tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: