19 mart tungi payt Rostov-Donda falokatga uchragan “Boing 737-800” samolyoti uchuvchining samolyotni navbatdagi davraga olib ketmoqchi bo‘lganida qulagan. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligiga favqulodda xizmatlardagi manba ma'lum qildi.
“Qo‘nishga bir necha daqiqa qolganda uchuvchi noma'lum sababga ko‘ra qo‘nish o‘rniga navbatdagi davraga ketishga qaror qilgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan”, deb aytdi manba. Manbaning ta'kidlashicha, fojia tergovining barcha ishtirokchilari samolyot yana bir davraga ketish vaqtida yomon ob-havo sharoitini hisobga olgan holda samolyotga katta yuklanishlar tushgani versiyasini ko‘rib chiqmoqdalar.
Manbaning ma'lum qilishicha, samolyot 900 metr balandlikdan 300 km/soatdan kattaroq tezlik bilan yerga tushgan. “Ekipaj fojia oldidan falokat signali bermagan va nosozliklar haqida xabar bermagan”, deb aytdi manba.
Ma'lum qilinishicha, samolyot tik qulagan va “deyarli tumshug‘i bilan yerga kirib ketgan”. Samolyotlarning havodagi vaziyati haqida ma'lumotlar taqdim qiluvchi Flightradar24 xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, “Boing” balandlikka ko‘tarilish vaqtida qulagan. Bundan tashqari, ob-havo mutaxassislarining ta'kidlashicha, fojia vaqtida kamdan-kam uchraydigan tabiiy hodisa – shamolning purkovchi oqimi kuzatilgan.
Tergov fojianing ikki asosiy versiyasi ustida ishlamoqda: uchuvchilar xatosi va texnik nosozlik.