Misrning Sinay yarimorolidagi Al-Arish shahridagi blokpost minomyotlardan o‘qqa tutilgani oqibatida kamida 13 misrlik politsiyachi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Avvalroq misrlik harbiylar Sinayda IShIDning mahalliy bo‘limi – “Ansor Bayt al-Maqdis” guruhi yetakchilaridan birini yo‘q qilgandi.