Kemeron Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishidan qo‘rqishini tan oldi

Jahon 11:13 / 20.03.2016 1502

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron joriy yilning yozida o‘tkaziladigan referendumda hamjamiyat a'zolari tasdiqlagan taqdirda mamlakat Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishini ma'lum qildi. Bu haqda siyosatchi The Independent on Sunday gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

"Men yakundan qo‘rqaman, — deb tan oldi bosh vazir. — Ko‘pchilik mamlakatni YeIda qolishini mantiqiy, deb hisoblaydi. Kim menga ovoz berishni istasa, mayli, beraversin. Xohlasangiz bunday qilmang ".

Kemeronning aytishicha, ayni damda, Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqida qolish yoki qolmasligi tarafdorlari miqdori deyarli teng ravishda. Ammo bu ko‘rinish vaqti kelib aniq faktga aylanishi mumkin. “Ovoz berish juda tarang vaziyatda o‘tadi, deb o‘ylayman”, — dedi siyosatchi.

Ko‘proq yangiliklar: