FlyDubai aviakompaniyasi Rostov-Donda falokatga uchragan Boeing 737-800 samolyoti qurbonlari oilalariga qo‘shimcha 20 ming dollardan tovon puli to‘laydi. Bu haqda kompaniya o‘z saytida ma'lum qildi.
“Flydubai halok bo‘lgan har bir yo‘lovchi oilasiga, bizning tashish shartlarimizga muvofiq, shoshilinch moliyaviy ehtiyojlarni hal qilish maqsadida 20 ming dollardan tovon puli to‘lash dasturini tashkillashtiradi”, deyilmoqda xabarda.
Avvalroq Rossiya transport vazirligida ma'lum qilinganidek, falokatda halok bo‘lgan rossiyaliklar yashagan 4 ta viloyat rahbari halok bo‘lganlar oilalariga 1 mln rubldan tovon puli to‘lashga tayyorliklarini bildirgandilar.