Ushbu savolga Toshkent shahar Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Alijon Esonov javob beradi, deb yozmoqda “Bekajon” nashri.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 18-moddasida “Fuqarolar mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlash imkoniyatlariga ega” ekanliklari qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 80-moddasida “Ishga qabul qilish vaqtida talab qilinadigan hujjatlar” ro‘yxati keltirilgan, ishga kirish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonunda talab etilmagan hujjatlarni talab etish taqiqlangan. MKning 72-moddasida xodim ishga kirayotgan vaqtda ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomasida propiska masalasi nazarda tutilmagan, qanday lavozimlarni egallashlari qabul qilinayotgan korxona ish beruvchisi bilan kelishilgan holda mutaxassisligi, malakasiga qarab, bajaradigan lavozim vazifasiga qarab hal etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.02.2012 yildagi 41-sonli “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 201.05.2012 yilda 2336-son bilan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 20.05.2012 yildagi 74-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan) ro‘yxatdan o‘tgan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelish va ularni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 1-bo‘limi 2-bandiga asosan “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro”, Toshkent shahri hududida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan muddatiga, muddatli shartnoma tuzib, ishlashlari mumkinligi belgilab berilgan.
Undan tashqari, xodimni vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatda turmaganligi bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilish yoki ishga olishni rad etish mehnat qonunchiligida belgilanmagan.