Braziliyaning San-Paulu shahrida kichik o‘lchamdagi, yengil motorli samolyotning 3 qavatli uy ustiga qulashi oqibatida samolyot ichidagi 7 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda El Nuevo Herald nashri.
Ta'kidlanishicha, uchuvchi yaqin atrofdagi aerodromga qo‘nish uchun manyovr bajarayotganda boshqaruvni eplay olmay, uyning garajiga urilgan.
Oqibatda samolyotdagi 3 ayol va 4 erkak halok bo‘lgan. Uy ichida bo‘lgan bir ayol jarohat olgan.
Falokatga uchragan samolyot Vale tog‘-kon kompaniyasining sobiq prezidenti Rojyer Agnelliga tegishli bo‘lgan. Agnellining o‘zi ham samolyotda bo‘lgan, deb xabar bermoqda Globo nashri.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, samolyotda tadbirkordan tashqari uning rafiqasi hamda o‘g‘il va qiz farzandlari turmush o‘rtoqlari bilan birga bo‘lgan.