AQShning Indiana shtatida maktab avtobusi va yengil avtomobil ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 28 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda NBC News telekanali.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus uni yon tomondan avtomobil turtgandan keyin to‘ntarilib ketgan. Kia avtomobilini boshqarayotgan ayol haydovchidagi ichida ichimlik bo‘lgan stakan qopqog‘i tushib ketgani oqibatida undagi suyuqlik to‘kila boshlagan. Haydovchi stakanni ushlab qolmoqchi bo‘lganda mashina boshqaruvini qo‘ldan chiqargan.
Avtobusda 21 talabadan iborat maktab basketbol jamoasi va 6 nafar katta yoshli odam bo‘lgan. Ular musobaqaga ketayotgan bo‘lganlar. Ularning barchasi hamda mashinalar haydovchilari ham yaqin atrofdagi 3 ta shifoxonaga yuborilganlar.
Jamoa murabbiyi shifoxonaga vertolyotda yetkazilgan.
Noxush voqea sababli basketbol jamoasining o‘yinini boshqa kunga o‘tkazishga qaror qilindi.