“Barselona” homiy logotipi tushirilmagan yangi futbolkalar chiqarishni boshladi

Sport 11:26 / 20.03.2016 1494

“Barselona” futbol jamoasi homiy reklamasi bo‘lmagan yangi o‘yin kiyimi ishlab chiqarishni boshladi.
Catalunya Radio’ning ma'lum qilishicha, katalon klubi hanuzgacha keyingi mavsum uchun birorta kompaniya bilan bosh homiylik bo‘yicha kelisha olmadi.
Klubning tijorat bo‘yicha vitse-prezidenti Manuel Arroyoning aytishicha, klub homiysiz albatta qolib ketmaydi, tegishli muzokaralar davom emoqda.

Ayni vaqtda klubning titul homiysi Qatar Airways aviakompaniyasi hisoblanadi, u bilan homiylik shartnomasi muddati yozda tugaydi.

Ko‘proq yangiliklar: