19 mart kuni Yaponiyada mamlakat ramzi bo‘lgan sakuraning gullash mavsumi boshlandi. Yaponiya milliy meteorologiya xizmatining xabar berishicha, birinchi gullash Fukuoka shahridagi qishloqlardan birida sodir bo‘lgan.
Gullash o‘tgan yilga qaraganda ikki kun avval boshlandi. Meteorologlar buni issiq ob-havo bilan bog‘lashmoqda, chunki so‘nggi kunlarda mamlakatda havo darajasi Tselsiy bo‘yicha 20 darajaga yetgan.
Ma'lumot o‘rnida: sakura mamlakat ramzi bo‘lib, yaponlar uni o‘zlarining norasmiy gerblari hisoblashadi. Uzoq Sharq olchasining to‘liq gullashi aprel oyining o‘rtalariga to‘g‘ri keladi.