Yaponiyaning Iokogama universiteti olimlari bir necha millimetr keladigan kichik o‘lchamdagi inson jigarini muvaffaqiyatli yaratdilar. Bu jigar inson jigari vazifalarini to‘liq takrorlaydi, deb xabar bermoqda NHK telekanaliga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. Olimlar jigarni turli ichki organlarga aylana oluvchi stvol hujayralaridan o‘stirishdi.
Tadqiqotchilar guruhi rahbari Xideki Tanigutining aytishicha, o‘stirilgan mini-jigar zararli moddalarni insonning haqiqiy jigari kabi samarali qayta ishlay oladi. U, shuningdek, qon uchun zarur bo‘lgan oqsillarni birday muvaffaqiyatli hosil qila oladi.
Olimlar 2019 yildan yetishtirgan jigarlarini klinik sinovlardan o‘tkazishni boshlashmoqchi. Ular, shuningdek, bunday mini-organlarni jigarning og‘ir kasalliklariga uchragan bemorlarga uning normal funksiyalarini qo‘llab-quvvatlab turish uchun o‘tkazishmoqchi.