Yaponiyada maxsus yo‘l qoplamasidan energiya oluvchi elektromobil yaratildi

Fan-texnika 10:21 / 19.03.2016 1280

Yaponiyada birinchi marta akkumulyatorsiz, maxsus yo‘l qoplamasidan harakatlangan holda yura oladigan elektromobil yaratildi. Elektromobil harakatlanish uchun energiyani bevosita yo‘l qoplamasidan oladi. Bu haqda ushbu mashinani yaratgan Toyoxasi texnologik universiteti va Taisei Corporation qurilish kompaniyasi ma'lum qildi.

Bu elektromobilning bir o‘rindiqli prototipi sinovdan o‘tkazilmoqda. Uning pokrishkalarida maxsus po‘lat to‘r bo‘lib, u elektr energiyani asfalt ostiga 10 sm chuqurlikda yotqazilgan ikkita po‘lat plastinadan oladi. Sinov poligonida bunday yo‘lning 30 metrlik qismi qurildi. Avtomobil hozircha bunday yo‘l bo‘ylab 10 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda.

Mashina yaratuvchilari kelajakda shunday yo‘llar qurish foydali bo‘lishi mumkinligini aytmoqdalar. Ular bo‘ylab elektromobillar akkumulyatorlari o‘chiq holda harakatlanishlari va oddiy yo‘ldagina undan foydalanishlari mumkin bo‘lardi.

Ayni vaqtda Yaponiyada elektromobillarni quvvatlash joylari soni ko‘paymoqda. Yangi avtomobil turargohlarida har bitta joy shunday qurilmalar bilan jihozlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: