Rostov-Donda Boeing yo‘lovchi samolyoti falokatga uchradi, deb xabar bermoqda Rostov viloyatining shoshilinich xizmatlaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.
“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot qo‘nish paytida qulagan”, deb aytdi agentlik suhbatdoshi.
“Interfaks” agentligi manbasi samolyot “qo‘nishga takroran urinayotganda falokatga uchragan” deb aytgan.
“Samolyot bortida 100 dan ko‘proq yo‘lovchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Samolyot qulagandan keyin kuchli yong‘in chiqqan. Tirik qolganlar haqida ma'lumot yo‘q”, deb aytdi manba.
RIA “Novosti” axborot agentligi manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, Dubaydan Rostov-Donga kelayotgan samolyot ko‘rish darajasi yomon bo‘lgan sharoitda Rostov-Don aeroport uchish-qo‘nish polosasidan chaproqda qulagan.
Ayni vaqtda boshqa tafsilotlar aniqlashtirilmoqda.