Suriyaning Raqqa shahriga noma'lum tomonning harbiy samolyotlari tomonidan havo zarbalari berildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Xabarda aytilishicha, bu hujum natijasida tinch aholi vakillari hisoblangan 39 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, 60dan ortiq kishi jarohatlangan holda shifoxonaga olib borilgan.
Bu ma'lumot Suriyadagi Buyuk Britaniya inson huquqlari himoyasi bo‘yicha monitoring guruhi tomonidan tasdiqlangan.
Ayni vaqtda hujum qaysi davlat samolyotlari tomonidan amalga oshirilgani haqida aniq ma'lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, fevralda Rossiya va AQSh Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgan, ushbu tartib 27 fevraldan boshlab kuchga kirgandi. IShID va "Al-Qoida" hamda ularga aloqador guruhlar bu kelishuvdan tashqarida qolgan.