Pentagon Rossiya aviatsiyasi Suriya janubida aviazarbalar berganini ma'lum qildi

Jahon 08:20 / 19.03.2016 1363

AQSh mudofaa vazirligi Rossiya harbiy-koinot kuchlari aviazarbalari faqatgina Suriyaning shimolida to‘xtatilgan deb ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Suriyadagi aksilterrorchilik koalitsiyasi markaziy qo‘mondonligi vakili polkovnik Patrik Rayder AQSh Suriyaning shimolida Rossiya aviatsiyasi aviazarbalar berganini qayd qilmagani aytdi.

Rayder Palmira hududida Rossiyaning muayyan sondagi aviazarbalari qayd qilinganini ta'kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, aviazarbalar Suriya hukumat armiyasining hujumini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan.

Avvalroq Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy Rossiya harbiy-koinot kuchlari IShID va “Jibhad an-Nusra” jangarilari pozitsiyalariga zarba berishni davom etttirayotganini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: