O‘zMUda Frankofoniya bayrami nishonlandi

Jamiyat 11:18 / 19.03.2016 2561

18 mart kuni O‘zbekiston Milliy universitetida Fransiya elchixonasi bilan hamkorlikda Frankofoniya bayrami o‘tkazildi.

Frantsuz tilini o‘qitishning sifatini oshirish, talabalarda ushbu tilda so‘zlashishning kompetensiyasini rivojlantirish, qolaversa, madaniyatlararo muloqotni shakllantirish maqsadini qamrab olgan xalqaro tadbirda 7ta Frankofoniya davlatlari elchixonalari o‘z ko‘rgazmalarini ham tashkil etdi.

Bayram doirasida “O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rganuvchilar uchun videoklip, “Labcioten“, “Fransiyaga 1 oyga sayohat“, “Frankofon uchun savol-javob“, “She'riy tabriknoma“, “Frankofon teatr festivali uchun afisha“ tanlovlarining g‘oliblari aniqlandi.

Ta'kidlash kerakki, ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilgan “Chet tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-1875-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning bir qismidir.

Frankofoniya - dunyoning frankofon davlatlari hamkorligining xalqaro tashkilotidir. U yer kurrasining turli nuqtalarida joylashgan davlatlarni namoyon qiluvchi 60dan ortiq a'zolari va 20ga yaqin kuzatuvchilarni o‘z ichiga oladi. Tashkilotga a'zo bo‘lishning asosiy kriteriyasi o‘sha davlatda fransuz tilining o‘rganilish yoki o‘rganmasligi emas, balki Fransiya bilan asrlar davomidagi madaniy aloqalarning mazmunidadir.

Ko‘proq yangiliklar: